Respublikamizga yuz berayotgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o`zgarishlarning ko`lami kun sayin keng quloch yozayotgan bir davrda yurtimizning kelajak dаvоmchilаri bo`lgan yoshlarni har tomonlama yetuk madaniyatli inson qilib tarbiyalash o`z dolzarbligi bilan alohida o`rin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafaqat tarbiyaning asosiy va murakkab qurollaridan biri bo`lib, atroflicha go`zal narsalarni to`g`ri idrok etishga va qadrlashga o`rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi. Musiqa bilan inson hissiyotiga kuchli e’tibor ta’sir ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`lib, o`quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy - g`oyaviy tarbiyasining muhim vositasidir.