«Mening hayotim — turli-tuman voqea-hodisalarga to`lib-toshgan, oq fotiha olgan ajoyib ertakdir. Agar mening bolaligimda, dunyoni yakka-yu yolg`iz sarson-sargardon kezib yurganimda qudratli farishta duch kelib: «Borar manziling va maqsadingni ayt, iqtidoring va oqilona imkoniyatlaringga ko`ra men seni o`z hifz-u himoyamga olaman, hidoyat yo`liga boshlayman», — deganda ham, mening taqdirim hozirgidan ko’ra baxtliroq, oqilonaroq va yaxshiroq bo`lib qolmasdi. Hayotim mobaynida shunga amin bo`ldimki, Tangri mehribondir va har bir xilqatni ezgulik uchun yaratadi».