Siz, hoynahoy, uni payqamasdingiz; qolgan ikki yuz nafar mehmonlardan hech biri unga e`tibor bermasdi. U xonaning uzoq burchagidagi stolda yakka o`zi o`tirardi, yigit o`ttiz yoshlarda, bo`ylari, gavda tuzilishi va ko`rinishi o`rtacha, xonadagi boshqa ko`pchilik erkaklar kabi qora smoking kiygandi.