Olis-olislarda suvlari bo`tako`z gulbargidek zangori, shaffof shisha singari tip-tiniq, hech bir kema langari yetolmaydigan chuqur bir dengiz bo`lgan ekan. Juda ko`p qo`ng`iroqlarni ustma-ust qo`ygandagina bu dengiz yuza-siga chiqish mumkin ekan. Dengiz tubida suv osti xalqi yashar ekan.