Ushbu dissertatsiya ishida turizm biznesida samaradorlikni milliy hunarmandchilik orqali ko`tara olish bo`yicha takliflar berilgan. Turizm sohasida, umuman boshqa sohalarda ham soha rivojlanishi yoki inqirozini ko`rsatuvchi asosiy ko`rsatkichlardan biri samaradorlik ko`rsatkichlari hisoblanadi. Shu ko`rsatkichlar orqali sohaning, iqtisodiyotning mavqei haqida biror –bir to`xtamga kelish osonroq bo`ladi.