Mazkur to’plam boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish (5141600) yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda nomanfiy butun sonlar to’plamining uch xil: aksiomatik, to’plamlar nazariyasi hamda miqdorlar nuqtai nazarida talqin etilishi, sanoq sistemelari, sonlarning bo’linishi, bo’linish alomatlari, sonlarning eng katta umumiy bo’luvchi va eng kichik umumiy karralisini topish masalalari to’g’risida fikrlar yozilgan.