Tabiiyki, axborot xavfsizligi muammolarini samarali hal qilish uchun mavjud shifrlash algoritmlarini tahlil qilish, ma’lumotlarni himoyalashning turli usullarini o’rganish, mavjud masalalarni hal etishda bu usullarning qay birida samarali natijaga erishish mumkinligini belgilab olish, so`ngra olingan ma`lumotlar asosida yangi masalalarni hal qilish talab qilinadi.