Bundan o`n yil muqaddam Chingiz Aytmatov Iqbol Mirzo timsolida zamonaviy o`zbek she’riyati iqbolini ko`rayotganligini aytgan edi. O`tgan yillar buyuk adibning o`ziga xos bashoratini isbotladi. Bugun adabiyotga, so`zga ozgina e’tiborli kishi O`zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning qanotli she’rlaridan hech yo`qsa to`rt satr yod biladi. Ona xalqini samimiy sevgan shoir bugun xalq sevgan shoirga aylandi. Ushbu kitobga eng sara she’rlar jamlandi.