Sardor Tuzel qishlog`ida yashaydi. Qishloq etagidan Chirchiq daryosi
oqib o`tadi. Shundanmi, qishloq juda go`zal. Serhosil bog`larga boy. Sardor
bahor chog`larida gulga burkangan olmazor, shaflolizor, olxo`rizorlarda
yugurib o`ynaydi, to`yib-to`yib daraxtlarning gullaridan hidlaydi. Do`stlarini
chamandek gulga burkangan o`rik tagida suratga oladi. Qiyot bo`ylaridan
dasta-dasta chuchmomalar teradi. Keyin, qishlog`imiz bahori qanday go`zal-a.
Shuning uchun ham uni yaxshi ko`raman-da, deb o`ylaydi.