Tajribalarga ikki holda tayaniladi: Birinchidan, Galiley zamonidan Eynshteyn davrigacha olib borilgan izlanishlar natijasida vaqt va fazoning xossalari to`g`risidagi fundamental prinsiplarning qaror topishida tajribalar muhim rol o`ynagan. Ikkinchidan, nazariy yo`l bilan aniqlangan qonunlarning to`g`ri ekanligini tasdiqlashda tajribalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu darslikda tanlagan yo`l tajribalarda kashf qilingan tabiat qonunlarining fizik mohiyatini ochib berish va tushunturish bilan bir qatorda yangi qonunlarni kashf etishga zamin yaratadi.