Mazkur ma’ruzalar to`plami O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchilariga psixologiyaning boshlang`ich va asosiy tarmog`i bo`lgan umumiy psixologiya asoslarini o`rgatish maqsadida tuzilgan. Unda psixologiya fani haqidagi eng qadimgi qarashlardan tortib, to hozirgi zamon Sharq va G`arb olimlarining bu fan xususidagi nuqtai nazarlariga asoslanilgan.
To`plam tinglovchilarni psixologiya fani bilan yaqindan tanishtirish, ularga kasbiy faoliyatida zarur bo`ladigan psixologiyaga oid bilimlarni berish, kerakli ko`nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.