O`tgan zamonda bir karvonchi boy bo`lgan ekan. Uning aqlli bir o`g`li va nihoyatda chiroyli bir qizi bor ekan. Kunlarning birida bu karvonchi safarga bormoqchi bo`lib, o`g`lini ham o`ziga hamroh qilib olibdi. Qizini esa unga saboq berayotgan domlasiga omonat qilib topshiribdi. Ular safarga ketgach, ikki oydan so`ng domlaning xotin, bola-chaqalarini podshohning xotini ziyofatga chaqiribdi.