Universitet kasalxonasi yo`lagiga chiqayotgan yigitchaning chehrasi bo`zargan, shifokor xonasi eshigini ochayotgan qo`llari titrardi. U qadamini bosgan sari quvvati uni tobora tark etayotgandek tuyular, ko`zlari xiralashgan va yanada shishin-qiragandek edi. Ifodasiz nigohi uzoqlarga qaratilgan, tevaragida kechayotgan hodisalar uning ongiga borib yetmasdi. Kengroq vestibyulga tushganida u shunday behollikni tuydiki, ko`z oldi jimirlashib, atrofdagi narsalarning hammasi go`yo suzib ketgandek bo`ldi. Eng yaqindagi oromkursiga bazo`r yetib bordi-da unga o`zini tashladi.