Insonning xushxulqlilik va xushmuomalalik asosiga qurilgan har qanday munosabati atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldiradi, qalblarga charog`onlik olib kiradi. Shu bois ota-onalar bolalariga yoshligidanoq ana shu xislatlarni singdirib boradilar. Bu oddiy jarayondek tuyulgan bilan o`ziga xos murakkabliklarga ham ega.