O`zbek adabiyotida publitsist, ocherknavis va dramaturg sifatida tanilgan Nazir Safarov 1905 yili Jizzax shahrida temirchi oilasida tug`ildi. U sovet maktablarida o`qidi, birinchi ziyolilar qatori uzoq qishloqlarga borib dars berdi. Komsomol safiga kirdi. Jizzaxda tashkil qilingan «Sanoi nafisa» to`garagi bo`lg`usi dramaturgda teatr san`atiga katta muhabbat uyg`otdi.