Mamlakatimizda turizm sohasiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq katta e’tibor berildi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy–huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmoqda. Bugungi kunda jahon xo’jaligida noishlab chiqarish tarmoqlarining hissasi muttasil oshib bormoqda.