Insoniyat taraqqiyoti asrlar davomida turli xil fanlar va ularning yutuq¬lari asosida shakllanib, rivoj topib kelgan. Shu nuqtai nazardan fanlar tizimida geografiya fani ham o`z mavqeiga ega va uning rivojida ko`plab yangidan-yangi tadqiqotlar bo`lishi tabiiy. Xususan, keyingi yil¬larda mustaqil respublikamizda an’anaviy iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tobora rivojlanib borayotganligi ham, ko`pchilikka sir emas.