Atoqli adib va jamoat arbobi Komil Yashin (No`monov) 1909 yili Andijon shahrida tug`ildi. O`rta maktabni tugatgach, 1925 yilda Leningradda o`qiydi, so`ngra maktabda o`qituvchilik qiladi. 1930-1936 yillarda Yashin O`zbek Davlat Muzika teatrida adabiy emakdosh, 1946-1949 yillarda O`zbekiston San`at ishlari boshqarmasiga rahbarlik qildi.