«Populyatsiya» - bu tur ichidagi organizmlar guruhi bo‟lib, u malum chegaralangan erda hayotiy jamoaning rivojlanayotgan qismini egallab turadi. «Populyatsiya» - lotincha «rorulus» so‟zidan olingan bo‟lib, xalq, aholi degan manoni beradi. Ekologiyada populyatsiya deb - birgalikda umumiy maydonni egallaydigan hamda o‟zaro bir - biriga tasir qiladigan, bitta turga tegishli bo‟lgan individlar yig‟indisiga aytiladi. Populyatsiyaga xos xususiyatlardan biri - o‟zini son jihatdan boshqarishidir.