Fan texnikaning shiddatli taraqqiyoti hozirgi vaqtda insonning tabiatga ta`sir ko’rsatishi doirasi va mikeslarining kengayganligi shunga olib keldiki, antropogen omillarning ta`sirida tabiiy muhitda o’zgarishlar ro`y bermoqda. Bunday o’zgarishlar esa hayotning moddiy asoslarini qo`pormoqda. Insonni o`rab olgan atrof-muhitni, jamiyat hayot faoliyati uchun yaroqsiz holatga aylantirmoqda, sayyoramizning o`lib borish xavfini tug`dirmoqda.