Tilshunosligimizda o`zlashma so`zlarni lingvistik jihatdan o`rganish hali o`z yechimini to`la topgan masala emas. Xususan, ularning etimologik jihati anchayin murakkab masala bo`lishi bilan birga bu borada munozarali o`rinlarga ko`plab duch kelinadi. O`zlashma so`zlarning yasalish xususiyatlarini ular tarixan mansub bo`lgan tillar xususiyatiga bog`liq holda o`rganmaslikning imkoni yo`q.