O`zbek adabiy tilini puxta egallagan madaniyatli kishilami tayyorlash barcha ta’lim sohasining asosiy vazifalaridan biridir. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etishda o`zbek tili o`qitishni hozirgi kun talablari darajasiga ko`tarish muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi zamonimiz uchun o`ta dolzarb bo`lgan - onomastik materiallarning umumta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o`qitish, ta’lim berish bilan bog`liq muammolar borki, ular maxsus va jiddiy tadqiqot olib borishni talab qiladi.“Ta’lim tizimida nomshunoslik” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasida ana shunday masalalar yoritilganligi bilan ahamiyatlidir.