O`zbek dialektologiyasi -fani shu kunga qadar rejaga binoan II kurs talabalariga mo`ljallangan kurs bo`lib kelgan. 2017-yilga kelib esa, mazkur kurs I kurs talabalari dasturiga kiritildi va alohida namunaviy dastur bilan ta`minlandi. Urganch davlat universiteti o`qituvchisi PhD.Q.M.Olloyorov tomonidan 2017-2018 o`quv yili uchun tayyorlangan mazkur O`UM Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirliginipg 02.06.2017 sanasida BD-5120100-3.06 raqami bilan ro`yxatga olingan dastur bo`yicha tayyorlangan bo`lib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida mashg`ulotlar olib borishga mo`ljallangan.