Nanoo’lchamli materiallar deganimizda ularning o’lchamlari birnanometrdan (10- 9m) bir necha yuz nanometrgateng bo’lgan materiallar tushuniladi. Endi bunday materiallarni yaratish va o`rganishdan fan va texnik auchun nima yangilik kutiladi va ular nimalarga ishlatilishi mumkin? Bu savollarga ilmiy asoslangan javob berishdan oldin qisqacha shuni aytish mumkin :materiallarning o’lchovlari nano o’lchamlarga yetgan holatda ularning fundamental parametrlari ya`ni yarim o`tkazgich materiallarda ularning taqiqlangan sohalar kengligi, toktashuvchilar harakatchanligi, elektronlar energetic sathlari va boshqa asosiy xossalari juda keskin o`zgaradi.