Ushbu o`quv-metodik qo`llanma oliy o`quv yurtlari ta’lim yo`nalishi 5140700 – «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» o`quv rejasi dasturi asosida yozilib bakalavriat talabalariga mo`ljallangan. Qo`llanma chizma geometriyaning ko`pyoqliklar, egri chiziqlar, sirtlar va ularga doir metric va pozotsion masalalarni yechish usullarini o`z ichiga oladi.
Qo`llanmadan chizma geometriya kursini o`qiydigan barcha ta’lim yo`nalishi talabalari foydalanishlari mumkin.