Markaziy Osiyoda XX asrning ikkinchi yarmida sug`oriladigan dehqonchilikning jadal taraqqiy ettirilishi Sirdaryo va Amudaryodan
sug`orish maqsadlarida suv olish hajmining keskin ortishiga olib keldi. Ushbu holatning saqlanishi Orol havzasidagi mavjud
ahvolning yanada murakkablashuviga olib keladi: 2020 yilga kelib uning maydoni 1960 yildagiga nisbatan 28% ni tashkil etishi
kutilmoqda [8, 38, 71: http//www.wri. org/wri/central_asia/].
O`zbekiston Respublikasi aholi soninng tez sur’atlar bilan o`sishi bilan tavsiflanadi [49]. Jon boshiga to`g`ri keluvchi sug`oriladigan
yerlar ko`lami qisqarib 0,35 gektardan 0,16–0,17 gektarga), sug`orish maqsadlari uchun suv ehtiyoji esa ortib bormoqda.
Respublika sug`oriladigan dehqonchiligida solishtirma suv sarfi amaldagi 8 000–10 000 m3/ga o`rniga 13 000–14 000 m3/ga ni
tashkil etmoqda (1960 y. – 18 000–20 000 m3/ga) [20, 38, 54].