Filologiya flmida badiiy asar turli maqsad va nuqtayi nazarlardan o`rganiladi. Badiiy asar xalqi tili o`ziniing barcha imkoniyatlarini bor bo`yicha namoyon qila oladigan, yozuvchining mahorat darajasiga ko`ra bu imkoniyatlami to`laligicha ishga solish mumkin borlgan o`ziga xos maydondir. Bu imkoniyatlar cheksiz-chegarasiz bo`lib, muayyan asarda uning ro`yobi masalalarini o`rganish, avvalo, yozuvchining badiiy til borasidagi mahoratini, qolaversa, xalq tilidagi ifoda vositalarining boyligini namoyish etishga asos bo`ladi.