Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlashda eng muhim omil bo’ldi. Banklar tomonidan faqat ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlarini moliyalashtirishga yo’naltirilgan kreditlar hajmi 2013-yilga nisbatan 1,2 barobar, aylanma mablag’larni to’ldirish uchun ajratilgan kreditlar esa 1,3 martadan ziyod oshdi. So’nggi yillar davomida «Mudis», «Standart end Purs» va «Fitch reytings» kabi yetakchi reyting agentliklari O’zbekiston bank tizimi faoliyatini «barqaror» deb baholamoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, agar 2011-yilda mamlakatimizning 13 ta tijorat banki yuqori reyting baholariga sazovor bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda respublikamizning barcha 26 ta banki ana shunday bahoga loyiq ko’rildi.