Ishlab chiqarish jarayoni deb, xom ashyo va yarim mahsulotlarni tayyor mahsulotga aylantirib beruvchi barcha jarayonlar yig’indisiga aytiladi.
Bunga: ishlab chiqarishni tashkil etish, korxona va zavodlarga keltirilgan xom ashyo, yarim mahsulotlarni tashqaridan keltirish, zavod va korxonalar ichida sexdan sexga tashish, quyma, bolg’alangan, shtamplangan, payvandlangan va jihoz turdagi tanavorlarni tayyorlash, mexanik, termik, kimyoviy-termik va jihoz ishlovlar berish, detallarni o’lchamlari va sifatini nazorat qilish, qism (uzel) va mashinalarni yig’ish, sinovdan o’tkazish, bo’yash, qaytadan detal va qismlarga ajratish, qog’ozlarga o’rash, yashiklarga va omborxonalarga joylashtirish, tayyor mahsulotlarni buyurtmachi tashkilotlariga jo’natish kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayoni korxona va zavodlarning turli uchastka va sexlarida bajariladi.