O’zbekiston Respublikasining 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilingani barchaga ma’lumdir. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklanishi ularni zamon ruhi talabi bilan uygunlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etib qolmasdan umumjahon ma’naviy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bo’lib qo’shilmoqda. Prezidentimiz ma’naviyatni aql, axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllanib rivojlanishi haqida gapirib: “Ma’naviyat- taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qo’l bilan mehnat qilishi kerak’’, degan edilar. Ma’naviyat insonda shakllanishi lozim bo’lgan aqliy, axloqiy, intellektual, amaliy, jismoniy sifatlar majmuasi bo’lishi bilan bir qatorda olamning ruhiy energetik, botiniy quvvati bilan ham uygundir. Buni Prezidentimiz o’zlarining “O’zbekiston - XXI asrga intilmoqda” nomli ma’ruzalarida quyidagicha juda yaqqol asoslab berdilar: