Qadimiy va boy tarixi, betakror madaniyati, buyuk siymolari bilan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan, milliy davlatchiligimiz va ma’naviyatimizning ko`hna beshiklaridan biri bo`lgan, noyob tarixiy-me’moriy obidalar, muqaddas qadamjolarni o`z bag`rida asrab-avaylab kelayotgan Samarqand shahrining 2750 yillik qutlug` sanasini 2007 yilda Mustaqillik umumxalq bayrami bilan bog`liq tantanalar kunlarida keng miqyosda nishonlash hamda yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodni milliy g`urur va iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida:YUNESKO Bosh konferensiyasining 2005 yil 20 oktabrdagi 33-sessiyasida Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlash va unda YUNESKOning ishtirok etishi haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.