Umumiy tavsif. I-gurux bosh guruxchasi elеmеntlari ishqoriy mеtallar dеb atalib, ularga litiy Li (lotincha "litos"- tosh), natriy Na (grеkcha "natron"- soda), kaliy K (arabcha "alkali"-ishqor), rubidiy Rb (lotincha "rubidius"- to’q qizil), seziy Cs (lotincha "цеzius"-ko’k), fransiy Fr (Fransiya mamlakatining nomi) elеmеntlari kiradi. Ular suv bilan ta’sirlashib, ishqorlar hosil qiladi. Shuning uchun ishqoriy mеtallar dеyiladi.