Mazkur darslik «5311800-Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi» bakalavriat ta‟lim yo„nalishi talabalari uchun mo„ljallangan bo„lib, unda insonning geologik faoliyati va gruntshunoslikning rivojlanishi, gruntlarning qattiq komponentlari va uning elementlari o„lchami, morfologik xususiyati va miqdoriy nisbati, suyuq komponentlari, tabiiy namligi va ularning xossalariga ta‟siri, gazli va tirik komponentlari, fizik, fizik-kimyoviy, fizik-mexanik xossalari, mustahkamligi, tasnifi, qoya-tog„, dispers, gilli va changli gruntlar, sho„rlangan va sun‟iy gruntlar, grunt massivi kabilar yoritilgan.