O’tgan asrlardan to hozirgi kunga qadar bo’lgan davrda tilshunoslik sohasi asosan ikki tarmoq asosida o’rganib kelindi. Bu tarmoqlarning biri system struktuk tilshunoslik bo’lsa, ikkinchisi an’anaviy tilshunoslik nomi bilan yurutildi. Tilshunoslik sohasidagi bu ikki yo’nalishning o’xshash va farqli jixatlari F.D.Sosyur, G.Ostgof, K.Brugman, G.Paul, Ya.Grimm, F.F Fortunatov,A.M Meshkovskiy, V.V Vinagradov singari buyuk tilshunos olimlarning ishlarida ko’rsatib, ularning tafsilotlari to’laqonli ravishda yoritib berildi1. Xususan, F.De.Sosyur tilning doimiy ikki ziddiyat asosiga qurilganligini ta’kidlab, til va nutq masalalariga jiddi e’tibor qaratadi.