Zarafshon daryosi algoflorasi tashqi muhit omillarining bevosita ta`siri ostida shakllanadi va rivojlanadi. Bu omillarga suv va havoning harorati, oqim tezligi, suvning tiniqligi, mineralizatsiya, pH va boshqalar kiradi. Daryo algoflorasidan haroratga munosabatiga ko`ra 16 tur evriterm va 315 evriterm, suvning sho`rlanishi munosabatiga ko`ra 171 stеnogalin va 160 evrigalin, hayotiy shakllariga ko`ra 62 fitoplankton, 134 fitobentoz, 62 perifiton va 7 tur epifitlar aniqlandi.