Turizm – bu avvalambor katta biznes, dunyo miqyosidagi gigant iqtisodiy jarayondir. Bugungi kunda turizm yuqori daromadli soha va jadal rivojlanayotganligi sababli hududiy iqtisodiyotda ushbu sohaning rivojiga katta ahamiyat berilmoqda. Jahon sayyohlik sanoatida turizmdan tushayotgan daromad avtomobil ishlab chiqarish, neft va gaz sanoatidan keyin uchinchi o’rinda turadi.