Maqsadi: Yoshlarga biologik xilma-xillikni saqlab qolish muammolari haqida ma’lumot berish, atrof muhitni muhofaza qilishga o`rgatish va shular orqali ekologik madaniyatli shaxsni shakllantirish.
Vazifalari:
1. Biologik xilma-xillik bo`yicha tushuncha hosil qilish;
2. Biologik xilma-xillikni saqlab qolish muammolariga oid ma’lumotlar berish;
3. Tadbir orqali tabiatni muhofaza qilish bo`yicha yoshlarda ko`nikma hosil qilish.
Xulosa. Ushbu rolli o`yin shousi orqali yoshlarga biosferaning eng muhim tarkibiy qismi hisoblangan o`simlik va hayvon turlariga insonning ta’sirini va ularni saqlab qolish muammolari yechimi, hal qilish yo`llari ko`rsatib beriladi.
Asosiy atama va tushunchalar:
Tabiatni muhofaza qilish, biologik xilma-xillik, ekologik ta’lim, ekologik tarbiya, ekologik madaniyat, landshaft, “Qizil kitob”, endem tur, fauna, flora, populyatsiya, qo`riqxona, rezervat.