Vatanni anglash – bu har bir insonning o`zligini anglashi demakdir. Ammo, ushbu jarayon nihoyatda murakkab bo`lib, uning muvaffaqiyatli kechishi yosh avlod ongiga «Vatan», «vatanga muhabbat» hamda «vatanparvarlik» tushunchalarini oila va maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab, uzluksiz, izchil, tizimli va maqsadga muvofiq ravishda singdirishni taqozo etadi. So`z yuritilayotgan jarayonda umumiy o`rta ta’lim maktablarining 5-6-sinflarida o`qitilishi nazarda tutilgan «Vatan tuyg `usi» fani, shubhasiz, o`ziga xos o`rin tutishi aniq.