Shuni aytishim kerakki... ma`zur tutgaysiz,buni inglizchada aytmasam bo`lmaydi.
Bilaman, mening inglizcham buzuq, jaydari, hashaki inglizcha, lekin dunyoninng
yarmidan ko`pi mana shunday inglizchada gaplashadi-ku, deya o`zimni ovutaman.
Nafsilamrini aytganda, men buni inglizchadan boshqa ko`pgina tillarda yetarlicha go`zal
hikoya qilib berishim mumkin edi.