Bu o`rtada kim yomon desangiz — Berdiboy yomon! Berdiboy bemehr, Berdiboy otabezori, onabezori, Berdiboy ukalarini xushlamaydi, ularga yov, ota uyidan ham qochgani qochgan — yomon-da Berdiboy! Nomi yomonga chiqqan.
Xalqaro Binafsha Xoch tashkiloti o`n ikki yoshgacha bo`lgan bolalar uchun qirollikning yozgi saroyi qoshidagi bog`da “pasxa tuxumini ovlash” bo`yicha katta bayram shodiyonasi tashkil etdi.
Surxondaryo viloyatida chop etiladigan “Boysun” gazetasi xodimi Ismat Norboev yaqinda tahririyatimizga O`zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzaevning bir maktubini yo`llabdi.
"Tengsizlik" bilishimcha, Nazokatxonning dastlabki mashqlaridan. Lekin bundan bexabar odam uni bemalol nasrda ancha-muncha qo`li kelib qolgan muallifning asari deyishi mumkin.
Akmal qo`ng`iroq tugmasini bosishi bilan ichkaridan ovoz eshitildi:
— Ana, Akmalxon keldilar.
«Kelinoyim», deb o`yladi u yangasini ovozidan tanib.
Yangasi negadir uning nomiga «xon» qo`shib gapirardi.
Xelstonga o`ziyurar aravachada o`tirgan qariya kasalga, nimadandir qattiq qo`rqqan va o`lishga tayyorga o`xshab ko`rindi. Unga bunday manzara tanish edi.
Markaziy xirurgiya klinikasining bosh vrachi Mirsidiq Jalilov bir haftadan beri Namanganda dam olardi. Shu yerlik hamkasbi, urush yillari bir qismda xizmat qilgan qadrdon oshnasi: "otpuskangni bir gal bizning shaharda o`tkaz, Namangan ham kurort joylardan qolishmay-di", deb chaqirtirib kelgan edi.
Qiz shu vaqtgacha o’ziga jalb qilmagan, bir og’iz gaplashmagan yigitning taklifidan hayron bo`ldi. Lekin tarbiyalilik belgisi sifatida besh daqiqaga birga o’tirishga rozi bo’ldi.
Soat besh bo`lishiga bir necha daqiqa qolgandi. Ardis Klinton uyining orqa eshigini ochdi va «Jo» tamaddixonasida ishlaydigan yosh yigit, jazmanini ichkariga kiritdi.
Xarbiy xizmatdan qaytgan Rustam ikki oy badalida ham biror ishni ketidan tushmadi. U ishni bunday deb, bu ishni unday deb, dalada ketmon chopishga esa bo`yni yor bermay yurganida qishlog`iga ilon ovlovchilar ko`noq bo`lishdi. Shularning yumushi unga bir oz ma’qul ko`rindi-yu, ertasigayoq kumga chiqib ketdi.