O’zbekiston Halq shoiri Muhammad Yusuf oramizdan ketganiga ham uch yil bo’libdi. Ammo she`riyatga tashna dillar uning dardchil satrlarini oldingidan ham ko’proq ko’msamoqdalar. Kitoblarini kitob do’konlaridan qidirmoqdalar. Xofizlar uning kuylanmay qolgan satrlarini sozga tushirmoqdalar.