O`quv qo`llanmada o`zbek musiqasi tarixi, uning tarixiy davrlardagi shakllanish va rivojlanish jarayoni yoritilgan. Qo`llanmada o`zbek musiqa san’atining ilk o`rta asr, sosoniylar, somoniylar, temuriylar davri , XIX-XX asr va istiqlol davri rivojlanish jarayoni tarixiy manbalar asosida aks ettirilgan. Shuningdek, hozirgi o`zbek musiqasi va musiqa folklori janrlari tabiati, taraqqiyoti, ularning o`ziga xos belgilari, farqli xususiyatlari atroflicha tahlil va talqin etilgan. Qo`llanmaning muhim ahamiyati shundaki, o`zbek musiqa san’ati tarixi va taraqqiyoti jahon musiqasi rivojlanishi bilan qiyosiy tarzda o`rganilgan.
O`quv qo`llanma oliy ta’limning musiqa ta’limi yo`nalishi talabalari, musiqa san’ati mutaxassislari, pedagoglari va shu soha ixtisosliklari bilan shug`ullanuvchilariga mo`ljallangan.