Kasb psixologiyasi insonda kasbga doir bilim, ko`nikma, malakalarni hamda ulardagi mavjud tushuncha va tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi. Ushbu o`quv qo`llanmada kasb psixologiyasining predmeti, maqsad, vazifalari, sharq allomalari, psixologlarning kasb tanlash, kasbga yo`naltirish, kasbga moslashish borasidagi fikrlari, kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari, kasb tushunchasi va professiografiya, kasbiy motiv va motivasiya, shaxsning kasbiy kamoloti va boshqa ilmiy nazariy ma`lumotlar joy olgan.
O`quv qo`llanmada talabalarning kasbiy psixologiya sohasida mustaqil bajaradigan ishlari va uning turlari, mazmuni, talabalarning o`z-o`zini tarbiyalashi va bilim olishida mustaqil ishlashning roli ochib beriladi. Bundan tashqari talabalarning mustaqil ish olib borish samaralari: referatlar, kasb va shaxs psixologiyasiga doir yozma ishlar, bibliografik ko`rsatkichlar, annotatsiyalar va fan bo`yicha mavzular keng qamrovli yoritilgan.