Mazkur o’quv qo’llanma ”Islom dini asoslari va ma’naviyati” fani dasturi asosida yozildi. Unda islom dinining shakllanishi, Movarounnahrga kirib kelishi, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islomiy ilmlar rivojiga qo’shgan hissasi, islomiy axloq masalalari, islomda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor, islom shariati asoslari, ota-ona va farzandlar hamda ustoz va shogird munosabatlari, shuningdek, islom va mas’uliyat kabi masalalar yoritilgan. Mazkur o’quv qo’llanma avvalo talaba yoshlarga, qolaversa keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.