Istagan kishingizdan hayotdan hammadan ortiq qanday tilagi borligini so`rasangiz, eng ko`p tarqalgan javob: ((Men shunchaki baxtli bo`lishni istayman)), degan so`zlardan iborat bo`ladi. Bo`lmasa, nima uchun baxtli insonlar shunchalik oz? Nima sababdan dori ishlab chiqarishda antidepressant (tushkunlikdan asrovchi vosita)lar eng jadal rivojlanayotgan soha bo`lmoqda? O`zlarini baxtli hisoblovchi kishilar nima uchun bunchalar kam? Balki, baxtni topish mumkin bo`lmagan joydan izlayotgandirmiz?