Internet haqida umumiy ma`lumotlar
Internet - jahon bo`yicha kompyuterlar tarmoqlaridan tuzilgan yaxlit tarmoq bo`lib,
ular yagona “til”-andoza-qoidalar majmui asosida ahborot almashadilar.
Yagona andoza sifatida hozirgi kunda TCP/IP andozasi qo`llanadi.
Ko`ngilli tarzda Internet jamiyati (ISOC, E-mail manzili: membership@isoc.org),
tashkilotlar aro muvofiqlashtirish vazifalarini bajaradi.
Internet jahon tarmoqlar tarmog`i bo`lgani uchun uning yagona va butunlay
boshqaruvchi egasi yo`q, lekin unga ulangan axborot tarmoqlarining, shu jumladan
Intranetlarning egalari va boshqaruvchilari mavjud.
Intranet - biror yuridik shaxs(vazirlik, kompaniya, tashkilot, korxona, ta`lim
muassasasi va sh.o`.)ga tegishli kompyuter tarmog`i bo`lib, u Internetda sinovlardan
yaxshi o`tgan axborot texnologiyalari asosida yaratiladi.