Texnologiya so’zi – yunoncha so’z bo’lib, ikki ildizdan, ya`ni 1-texnos - «san`at va kasb» degan ma`noni bildiradi. Logiya esa – bilim, fan demakdir. Shunday qilib, texnologiya-bu kasbning sirlarini o’rgatuvchi fanlardan biridir. Texnologiya xom ashyolarni turli xalq iste`mol buyumlariga va ishlab chiqarish vositalariga aylantirish jarayonlarini o’rgatuvchi fandir.
Texnologiyani 2 turga bo’lish mumkin:
1-mexanik texnologiya;
2-kimyoviy texnologiya.
Mexanik texnologiya jarayonida xom ashyo tarkibida va xususiyati o’zgarmasdan faqat uning shaklini o’zgarishi mumkin. Masalan: yog’ochdan mebel ishlash, metaldan turli metall buyumlari ishlash va xokozo.
Kimyoviy texnologiyada esa, moddaning shakligina emas, balki uning butun xossalari va tarkibi o’zgarishi mumkin. shunday qilib, kimyo texnologiyasi kimyo reaktsiyalari o’tishi bilan borgan jarayonlarni o’rganadi. Birorta xom ashyodan mahsulot olish jarayoni bir qancha bosqichlardan iborat. Ushbu bosqichlar (masalan: xom ashyoni boyitish, maydalash, ajratish, kuydirish va x.k.) texnologik operatsiyalar deb ataladi.
Texnologiyani asosiy vazifalaridan biri ana shu optimal qulay texnologik tizimlarni yaratishdan iborat.