Diplomatik imtiyozlar va daxlsizliklarning hozirgi zamon siyosiy huquqiy masalalarini o`rganishdan ko`zlangan asosiy maqsad, xalqaro munosabatlarda diplomatik imtiyozlar va daxlsizliklarning qanday rol o`ynaganligini aniqlash va ochib berish, xalqaro-huquqiy asoslarini o`rganish va tadqiq qilish, ularning siyosiy, huquqiy tartibga solishdagi muammolarni aniqlash, ushbu muammolar yechimini topgan holda ilmiy xulosalar chiqarish, taklif va tavsiyalar berishdan iboratdir.