Mamlakatimiz ijtimoiy taraqqiyotida dizaynerlik faoliyatining hal
qiluvchi tamoyillari o’zlashtirilib, bu sohada katta ishlar olib borildi, boy va
betakror o’tmishimizning, madaniy merosimizning bir qismi takomillashtirildi. Bu
soha o’ziga xos dizayn faoliyatini, yuksak kasbiy saviyasi va estetik didini mahorat
bilan dunyoning yetakchi bo’lgan modelyer- dizaynerlariga hamda ko’zga
ko’ringan davlatlarga namoyon qilishda ularning o’rinlari beqiyosdir.
Tikuvchilik sanoatida ishlab-chiqarish salohiyatini, iqtisodini
ko’taradigan, dunyo bozorida raqobatga bardosh bera oladigan xaridorgir yengil
sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, yengil sanoatni fan va
texnika taraqqiyotiga asoslanib eng muhim, eng dolzarb sohaga aylantirish
bugungi kundagi ustuvor vazifalardan hisoblanadi