Karam – (Brassicae) butgullilar oilasiga mansub o`simliklar turkumi. Karamning oq va qizil karam, savoy karami, bryussel karami, gul karam kabi turlari bor. Asosan oq va gul karam ekiladi. Karam aksari ikki yillik o’simlik. Birinchi yili bosh chiqaradi, ikkinchi yili o’zagidan gulpoya chiqarib, urug’laydi. Gullari sariq, shingillarga to’plangan, mevasi qo’zoq. Urug’i yumoloq, to’q qo’ng’ir diametiri 2 mm, 8-10 sm uzunlikdagi qo’zoqda. Karam sovuqqa chidamli, urug’i 4-50 da una boshlaydi. Oq karam 15-180 da bosh hosil qiladi.